"Inter" va MYu kelishuvga erishdi

"Inter" Eshli Yang transferi bo‘yicha "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erishdi.

Italiyalik jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, "neradzurrilar" faxriy futbolchi uchun MYuga 1,5 million evro to‘lashadi.

Yaqin bir necha kun ichida "Manchester Yunayted" sardori "Inter"da tibbiy-ko‘riqdan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Joriy yilning yozida "qizil iblislar" bilan shartnomasi yakunlanadigan futbolchi ushbu mavsumda klub safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!