"Inter" va "Yuve" kurashida kim g‘olib bo‘ladi?
"Verona" grand klublar qiziqishiga sabab bo‘lgan himoyachi Marash Kumbullaning narxini ma’lum qildi.
Italiya matbuotiga ko‘ra, 20 yoshli albaniyalik futbolchining transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda. Bu summadan 28 millioni birinchi to‘lov sifatida, qolgan 7 millioni esa bonus ko‘rinishida "Verona" hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Kumbullaning transferi uchun "Yuventus" va "Inter" klublari qiziqish bildirishmoqda, biroq, jurnalist Janluka di Martsio xabariga ko‘ra, "neradzurrilar" ushbu kurashda favoritga aylanib olishdi. Chunki milanliklar himoyachining transferini amalga oshirishsa, futbolchini bir mavsum "Verona"da ijarada qoldirish taklifi bilan chiqishdi.
Keyingi bir hafta davomida "Yuventus" va "Verona" mutasaddilari ham muzokara o‘tkazishi kutilmoqda. Agar turinliklarning taklifi "Inter"nikidan yaxshiroq bo‘lmasa, unda Kumbulla Milanga yo‘l olish ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Fikrlar