"Inter" xўjayini jamoa yulduzi Lautaro Martines nega "Barsa"ga o‘tmagani tushuntirdi
«Inter» klubi prezidenti Juzeppe Marotta «Barselona»ning Lautaro Martinesga bo‘lgan ehtimoliy qiziqishi haqida tarqalgan mish-mishlarga izoh berdi.
Marottaning taʼkidlashicha, argentinalik hujumchi kataloniyaliklar bilan muloqot qilish yoki muzokara olib borish istagini bildirmagan.
«Lautaro Martines «Barselona» bilan na aloqa qilishni, na muzokara olib borishni xohladi. Qolaversa, bunday kelishuv klublar darajasida ham amalga oshmasdi, chunki Lautaro — eng yuqori toifadagi futbolchi. Agar sovrinlar yutishni istasak, u bizga juda kerak», — deya Marottaning so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda 29 yoshli argentinalik forvard barcha musobaqalar doirasida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, ikki gol urdi va bir marta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar