"Inter" yozda Xamesni sotib olishga urunib ko‘rmoqchi

  • 30.11.2019 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning “Inter” klubi “Real” Madrid yarim himoyachisi Xames Rodrigesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

La Repubblica nashrining yozishicha kolumbiyalik futbolchi “qirollik klubi”dan ketishga tayyor, faqat prezident Florentino Peres uning transfer narxini tushirmoqchi emas. Shu bois “neradzurrilar” Xamesni qishki transferlar davrida emas, balki mavsum yakunlangach yozda sotib olishmoqchi va buning uchun “Real”ga 50 mln evro taklif qilishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Xames joriy mavsum La Ligada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!