
"Inter"ga texnik mag‘lubiyat yoziladi
Milanning “Inter” klubi yoshlar jamoasining UEFA yoshlar ligasidagi ishtiroki bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” koronavirus epidemiyasi sabab musobaqaning 1/8 finalidan o‘rin olgan “Renn”ga qarshi javob o‘yinida ishtirok etishdan bosh tortishgan.
Ushbu o‘yin 11 mart kuni Florentsiya shahrida o‘tkazilishi kerak edi. Endi “Inter”ga texnik mag‘lubiyat yoziladigan bo‘ldi.
Fikrlar