
Iordaniya – O‘zbekiston. 3:0! (matnli translyatsiya)
Birozdan so‘ng Iordaniya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi halqaro o‘rtoqlik uchrashuvi start oladi. Bahsni saytimiz orqali matnli translyatsiya qilib boramiz.
90+3. Bahs yakunlandi. Terma jamoamiz yirik 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi!
90+. Uchrashuvga 3 daqiqa qo‘shib berildi.
86. Termamiz oldinga o‘tmoqda. Biroq birorta hujum oxirigacha etib bormayapti.
83. GOL! Yana gol o‘tkazib yubordik. Raqib futbolchisi bitta pas bilan jamoadoshini birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Hamza esa Suyunovni osonlikcha ortda qoldirdi.
80. Raqib futbolchilari osonlikcha jarima maydonimizga kirib kelyapti va zarba yo‘llashga ham ulgurmoqda. Bu safar bizni noaniq zarba qutqardi.
78. Sergeevda yaxshi vaziyat bo‘lishi mumkin edi, darvozabon oldinga chiqib to‘pni egallab oldi.
76. Umarovning zarbasi himoyachiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchakdan to‘pni Aziz G‘aniev o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytardi.
72. Shomurodov maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Aziz G‘aniev tushirildi.
67. ZARBAAA! Azizbek Amanovning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarbasini darvozan qiyinchilik bilan bartaraf etdi
65. Iordaniya futbolchilari hujumga o‘tishdan charchamayapti. Futbolchilarimizdan ham faollik kutib qolamiz
61. VUUUH! Darvoza ustuni terma jamoamizni goldan qutqardi.
60. Katanets uch futbolchini almashtirdi. Doston Tursunov o‘rniga Husniddin Aliqulov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev o‘rniga Farruh Sayfiev, Oybek Bozorov o‘rniga esa Igor Sergeev tushirildi.
56. GOL! Standar vaziyatdan so‘ng yana darvozamizdan to‘p olib chiqdi. Havolatib uzatilgan to‘pni Nasib Abdullah bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Suyunov faqatgina tomoshabin vazifasida.
54. Doston Tursunov to‘pga tashlanishda poylarini cho‘zib oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
52. Futbolchilarimiz qanotlardan kirib borishga harakat qilyapti. Ammo himoyachilar ancha ishonchli o‘ynamoqda.
48. Alijonov qanotdan to‘pni jarima maydoni ichiga uzatdi. Hujumchimiz to‘pni to‘xtatishga xatoga yo‘l qo‘ydi.
46. Termamz safida o‘zgarish: Qobilov va Hamdamov maydonni tark etdi. Ular o‘rniga Abdullaev hamda Amanov tushirildi
46. Ikkinchi bo‘limga start berildi!
45+2. Birinchi taym yakunlandi
45+. Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi.
44. Maydon markaziyada Shukurov raqib futbolchisini yiqtdi
43. Iordaniya yana hujumga o‘tishga harakat qilgandi. Himoyachimiz ishonchli harakat qildi
38. Hamdamovning qaontdan uzatgan pasini raqib himoyachisi qaytarib yubordi
34. Goldan ruhlangan mezbonlar oldinga o‘tishmoqda.
30. GOL! Himoyachimizning qo‘pol xatosidan so‘ng raqib tezkor hujumga o‘tib ketdi. Suyunov to‘pga chiqib keldi, Iordaniya futbolchisi to‘pni ochiq pozitsiyada turgan sherigiga uzatdi. Seif Baha esa qiyinchiliksiz darvozani ishg‘ol qildi.
26. Termamizda yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin edi, biroq himoyachi Umarovdan to‘pni olib qo‘ydi
25. Shahboz Umarov chap qanotda to‘pni qabul qilib olib, darvoza tomon zarba yo‘lladi. Noaniq!
22. Hamdamovga uzatilgan pas kuchli chiqdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi.
19.Hamdamov ajoyib fint evaziga raqib futbolchisini aldab o‘tdi. Uning uzatmasiga esa aniqlik etishmadi.
18. O‘zbekiston burchak to‘pi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
15. Shahboz Umarovning olisdan yo‘llagan zarbasi noaniq chiqdi.
13. Iordaniya ajoyib hujum uyushtirdi, biroq so‘nggi pallada himoyachilarimiz to‘pni jarima maydonchamizdan uzoqlashtirdi.
11. Havfli zarba bo‘ldi, biroq noaniq.
10. Raqiblarimiz bu safar yaqin masofadan jarima zarbasi tepish imkoniyatini qo‘lgi kiritdi.
9.Iordaniya burchak to‘pi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
8.Hamdamov jarima maydonga kirib bordi va to‘pni Shomurodovga uzatdi, biroq himoyachilar ishonchli o‘ynadi.
6. Terma jamoamiz hozircha to‘pga egalik qilmoqda.
5. Otabek Shukurov kutilmaganda hujumda to‘pni yo‘qotdi.
2. Ilk daqiqalardan hamyurtlarimiz oldinga o‘tishga urindi. Biroq raqib himoyachilar ishonchli o‘ynadi.
0. O‘yinga start berildi.
0. Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari. Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda.
Fikrlar