Iraola “Liverpool”ga 130 million funt turadigan sobiq shogirdini olib kelishni talab qilmoqda
“Liverpul” sport bo‘limi “Bornmut” hujumkor futbolchisi Rayanni transfer nishonlari ro‘yxatiga qo‘shdi. Klub 19 yoshli braziliyalik legioner bo‘yicha ma’lumot to‘plagan va uni Muhammad Salohning uzoq muddatli o‘rinbosarlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.
Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.
Mersisaydliklarning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola Rayan bilan “Bornmut”da birga ishlagan mutaxassis sifatida futbolchiga juda yuqori baho bergan va uning salohiyatini favqulodda yuksak ekanini ta’kidlagan.
“Liverpul” Rayanga Angliyaga ko‘chib o‘tishidan avval ham qiziqqan edi. U joriy yilning yanvar oyida Braziliyaning “Vasko da Gama” klubidan “Bornmut”ga o‘tgandi.
Mavsumning ikkinchi yarmida Rayan Premier-ligadagi 13 ta o‘yinda 5 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirib, chempionatga tez moslashdi va Braziliya terma jamoasining jahon chempionati uchun qaydnomasiga ham kiritildi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining shartnomasida 130 million funt sterling (153 million yevro) miqdorida tovon puli belgilangan. Biroq ushbu shart 2027 yildan avval kuchga kirmaydi.
Hozirgi vaqtda “Bornmut” vaziyatni to‘liq nazorat qilmoqda va klub yarim yil avvalgina jamoaga kelib qo‘shilgan eng istiqbolli futbolchilaridan birini qo‘yib yuborish niyatida emas.
“Liverpul”dan tashqari, Rayaning rivojlanishini “Barselona”, “Bavariya” va “Pari Sen-Jermen” ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Shu bilan birga, mersisaydliklar boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Ular qatorida “Brayton” futbolchisi Yankuba Minte va Krissensio Sammervill ham bor.

Fikrlar