Irji Prohazkaning oktagonga qaytish muddati ma'lum

  • 28.08.2026 14:18
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim og‘ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni Irji Prohazka joriy yil oxirigacha oktagonga qaytib, TOP-5 dagi raqiblar bilan bellashmoqchi.

"Oktyabr, noyabr yoki dekabr oyida jang o‘tkazmoqchiman. Biroq oktyabr oyi allaqachon noreal variantga o‘xshab ko‘rina boshlandi. Menga to‘laqonli o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va tayyorgarlik uchun kamida ikki oy kerak, shuning uchun, agar real ko‘z bilan qarasak, noyabr yoki dekabr oylari qoladi.

Avvalo, kuchli beshlikdan biri - chempionlikka yaqin turgan yigitlar bilan kurashmoqchiman", - dedi chexiyalik "Nova Sport TV" telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq, Prohazka UFC tez orada uning ishtirokida vaqtinchalik unvon uchun jang e’lon qilishi va u braziliyalik Paulo Kostaga qarshi jang o‘tkazishi haqidagi ma’lumotni rad etgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!