Iroda Mirtojiyeva xalqaro turnirda bronza medaliga ega chiqdi
Xitoyning Tayuan shahrida taekvondo WT bo‘yicha ayollar o‘rtasida "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women's Open Championships" xalqaro ochiq chempionati start oldi. Musobaqada terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etayotganini haqida xabar bergandik.
Ahamiyatlisi, ilk kungi bellashuvlarda terma jamoamizning og‘ir vaznli a’zosi Iroda Mirtojieva sovrindorlar qatoridan joy oldi. U +73 kg vazn toifasidagi bahslarda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Oltin: Uilyams Louren (Buyuk Britaniya)
Kumush: Hana Zarrinkamar Rubari (Eron)
Bronza: IRODA MIRTOJIEVA (O‘zbekiston)
Bronza: Lorena Brandl (Germaniya).
Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar