Iroq chempionati. Sherzod Temirov navbatdagi golini urdi va jamoasi g‘alaba qozondi
Iroq chempionatining 31-turidan o‘rin olgan bahsda "Erbil" safarda "Talaba" jamoasini 2:3 hisobida mag‘lub etdi.
Mazkur bellashuvda o‘zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov ham gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, mehmonlar safida yana bir hamyurtimiz Marlen Chabanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘yin o‘tkazdi. Ayni paytda Temirov 24 ta gol bilan chempionat to‘purari bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, "Erbil" 63 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar