Iroq terma jamoasi FIFAga so‘rov yubordi
Iroq terma jamoasi FIFAga 2026 yilgi jahon chempionati pley-off uchrashuvi sanasini ko‘chirish imkoniyati bo‘yicha so‘rov yubordi. Iroqliklar 21 mart kuni Meksikadagi neytral maydonda Boliviya yoki Surinamga qarshi o‘ynashi kerak.
Hozirda Iroq yaqinidagi havo hududi qo‘shni davlatlar va AQSh ishtirokidagi mojaro tufayli parvozlar uchun yopilgan. Jahon futboli rahbariyati iroqliklarga quruqlik orqali Turkiyaga yetib olishni va u yerdan Meksikaga uchishni taklif qildi, deb yozadi The Guardian.
Ushbu safar bir kundan ko‘proq vaqt oladi va o‘z shogirdlari xavfsizligidan xavotirda bo‘lgan jamoa bosh murabbiyi Grem Arnoldni mutlaqo qoniqtirmaydi. Bundan tashqari, ularning ko‘pchiligi hali ham viza olmagan.
Fikrlar