
Isak "Liverpul" va "Barselona" orasida tanlov qiladi
"Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak ushbu mavsumda 25 o‘yinda 19 gol va 6 golli uzatma bilan o‘zini Premer-liganing etakchi hujumchilaridan biriga aylantirdi. Uning ajoyib formasi "Barselona" va "Liverpul" kabi yirik klublarning e’tiborini tortmoqda.
"El Nacional" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, agar mersesaydliklar tezroq harakat qilmasa, forvard kataloniyaliklarni kutishga tayyor. Manbaga ko‘ra, yangi bosh murabbiy Arne Slotning hujumkor taktikasi Isakning uslubiga mos tushadi.
Ma’lumot o‘rnida, bu ikki klubdan tashqari, Angliya Premer-ligasi va boshqa ligalarning top klublari ham hujumchi uchun da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar