“Ishkal” Balotelli Italiya futbolidagi muammolar sababini ochib tashladi
“Manchester Siti” va Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Mario Balotelli Italiya futbolidagi muammolar sabablarini aytdi.
“Muammolar juda oddiy. Texnik emas, amaliy tushuntirishlar berishni afzal ko'raman. Biz kichikligimizda soatlab futbol o'ynardik. Onam mendan jahli chiqqanini eslayman, chunki to'pni ko'rish qiyinlashib, juda qorong'i bo'lib ketguniga qadar ko'chada qolardim.
Bugun Breshia kabi shaharlarda sayr qilganimda, bog'lardagi futbol maydonchalari bo'm-bo'sh. U yerda hech kim yo'q. Kompyuterlar, telefonlar va PlayStation ko'p narsani buzdi. Ammo eng muhimi – ota-onalarning munosabati o'zgardi. Bugun yetti yoshli bola har uch kunda bir marta ikki soat futbol o'ynashi mumkin. Iqtidorlar ko'chalarda va bog'larda tug'iladi. Biz ko'p o'ynardik, ko'p narsani o'rganardik va o'zimizdan kattaroq bolalar bilan raqobatlashardik...
Bugun esa bolalar telefonda o'tiradi. Ular Ronaldin'yo deb o'zlarini tasavvur qilishadi, chunki uning videolarini ko'rishadi, men esa o'zimni Ronaldo deb tasavvur qilardim, chunki hovlida uning fintlarini takrorlay olardim. Bu mutlaqo boshqa narsa, - deya Balotellining so'zlarini The Guardian keltirmoqda.
Og'ir xarakteri tufayli ko'p muammolarga duch kelgan Balotelli yanvar oyidan buyon BAAning “Al-Ittifoq” klubida to'p tepmoqda. U avval “Jenoa”, “Monca”, “Breshia”, “Marsel”, “Nitsa”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Milan” va “Inter” klublarida o'ynagan.

Fikrlar