Ishsiz yurgan yulduzlar: Kimga kerak bo‘lsa, olsin!
Britaniyaning BBC nashri hozirda jamoasiz qolayotgan eng mashhur futbolchilar ro‘yxatini tuzdi.
Yevropaning kuchli chempionatlarida yozgi transfer oynasi chorsanbaga o‘tar kechasi yopildi. Bir qator boshqa chempionatlarda esa futbolchilarni hali ham erkin agent sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati mavjud.
Ayni paytda jamoasiz qolayotgan mashhur futbolchilar orasida quyidagilar bor:
- Karim Benzema — so‘nggi klubi «Al-Hilol»;
- Pol Pogba — so‘nggi klubi «Monako»;
- Riyad Mahrez — so‘nggi klubi «Al-Ahli»;
- Rahim Sterling — so‘nggi klubi «Feyenoord»;
- Filippe Koutinyo — so‘nggi klubi «Vasko da Gama»;
- Jeydon Sancho — so‘nggi klubi «Manchester Yunayted»;
- Daniel Karvaxal — so‘nggi klubi «Real»;
- Jeymi Vardi — so‘nggi klubi «Kremoneze»;
- David Alaba — so‘nggi klubi «Real»;
- Serxio Ramos — so‘nggi klubi «Monterrey»;
- Aleksandr Zinchenko — so‘nggi klubi «Ayaks»;
- Xames Rodriges — so‘nggi klubi «Minnesota»;
- Antoni Marsyal — so‘nggi klubi «Monterrey»;
- Dele Alli — so‘nggi klubi «Komo».

Fikrlar