Islom Birdamligi o‘yinlari. Ilya Sibirtsev kumush medal sohibi!

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahrida davom etayotgan VI Islom Birdamligi o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1500 metrga erkin usulda suzish yo‘nalishida hamyurtimiz Ilya Sibirtsev kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

1-o‘rin: Kuzey Tunselli (Turkiya), 
2-o‘rin: Ilya Sibirtsev (O‘zbekiston), 
3-o‘rin: Suleyman Ismayilzada (Ozarbayjon).

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!