Islom Ismoilov: "Bizga qaysi jamoa raqib bo‘lishining ahamiyati yo‘q"

  • 23 yanvar, 15:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2025 yilgi U17 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi. Jarayon Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tdi. Qur’a tashlash yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston "A" guruhida Saudiya Arabistoni, Xitoy va Tailand bilan bahs olib boradi.

Tecno

Mazkur musobaqa Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2025 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

O‘zbekistom U17 terma jamoa murabbiyi Islom Ismoilov qur’a natijalari va raqiblarning imkoniyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Qur’aga to‘xtaladigan bo‘lsak, qaysi jamoalar bizga raqib bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Sababi oldimizga yuqori maqsad qo‘yganimizdan keyin, har qanday terma jamoaga qarshi o‘ynashimizga to‘g‘ri keladi. Guruhimizdan joy olgan Saudiya Arabistoni, Xitoy, Tailand terma jamoalarini chuqur o‘rganishni boshladik.

Shu kunga qadar Saudiya, Xitoyga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida o‘ynaganmiz. Albatta biz uchun yangilik bu Tailand. Ammo birdek hamma jamoalarni imkoniyatlarini to‘liq o‘rganib chiqishga harakat qilamiz. Oldimizga qo‘yilgan maqsadimiz  Jahon chempionatiga chiqish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Saudiya Arabistoni bizning guruhimizga tushganligi kutilmagan xolat bo‘ldi.

Ayni paytda ushbu davlatda bo‘lib turibmiz, 3 kundan keyin asosiy raqibimizga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida harakat qilamiz. Bu narsa rejamizni o‘zgartirishimizga sabab bo‘lmaydi. O‘zimiz tanlagan rejamiz bo‘yicha mashg‘ulotlarni davom ettiramiz"- dedi Ismoilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!