Islom Maxachev: "Iliya Topuriya bilan jang qilaman, faqat..."

  • 14.01.2026 09:46
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Yarim o‘rta vaznda UFC chempioni Islom Maxachev engil vazndagi kamar sohibi Iliya Topuriya bilan jangning asosiy shartini aytdi.

"Men Topuriya bilan bahsga tayyorman. U bilan yarim o‘rta vaznda muammosiz jang qila olaman. Ba'zilar so'rashi mumkin: nima uchun engil vaznda emas? Menda engil vazn kamar bor edi, u divizionda meni hech kim yenga olmadi. Keyin shunchaki kamarni qoldirib, yuqoriga ko‘tarildim. Endi engil vazn toifasidagi kamar uchun Topuriya bilan jang menga qiziq emas. Agar u ko‘tarilmoqchi bo‘lsa, marhamat. Bu qarama-qarshilik Iliyaga ko‘proq kerak. Men engil vazn toifasida chempion bo‘lganman va pastga tushmayman. 

Topuriya yuqoriroq divizionga ko‘tarilsa ham, hech narsa yo‘qotmaydi. Yutqazsa - engil vaznga qaytib, kamarini himoya qiladi xolos. Biroq eshitishimcha, hozir uning boshqa muammolari bor. Shu bois vaqtinchalik chempionlik uchun jang tashkil etilmoqda", - dedi Maxachev "Match TV" telekanaliga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!