Islom Maxachev aviokompaniyani keskin tanqid qildi
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev "Pobeda" aviakompaniyasini keskin tanqid qildi, biroq aynan nimadan norozi ekanini aniq aytmadi.
"Pobeda – dunyodagi birinchi raqamli firibgar aviakompaniya. Agar tanlov qilish imkoningiz bo‘lsa, undan boshqasini tanlang", – deb yozdi rossiyalik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev so‘nggi jangida avstraliyalik Jek Della Maddalenani yengib, 77 kg da UFC chempioniga aylangandi.
Fikrlar