
Islom Maxachev: "Dana Uayt o‘z o‘rni uchun voris qidirmoqda"
UFC sobiq chempioni Islom Maxachev liga prezidenti Dana Uayt haqida fikr bildirdi va uning yaqin yillarda o‘z o‘rniga voris topishi mumkinligini aytdi.
"Avval UFC istagan odamdan yulduz chiqara olardi. O‘zlari shu ish bilan shug‘ullanib, jangchilarni targ‘ib qilar va ularga katta ahamiyat qaratardi. Hozir esa liganing o‘zida qiziqish yo‘qolgandek. Dana Uayt ham katta odam bo‘lib qoldi, ko‘p narsalar bilan shug‘ullanyapti. Agar UFC xohlasa, ular istalgan jangni katta voqeaga aylantira oladi. Faqat Dana Uayt yana dastlabki yo‘lga qaytishi kerak. Biroq insonda motivatsiya ham pasayadi. U qancha yillar davomida cho‘qqida bo‘ldi! Men bilaman, u allaqachon asta-sekin o‘z o‘rniga keladigan odamlarni topa boshladi", — dedi rossiyalik "UDAR" telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev (27-1) 15 noyabr kuni "UFC 322" turnirida Jek Della Maddalena(18-2)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar