Islom Maxachev Entoni Joshuaga ajoyib maslahat berdi
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga xabar qoldirdi.
"Kurash mahoratingizni oshirish va MMA jangchisi bo‘lish uchun ikki yoki uch yil vaqt ajrating. Shu siz uchun yetarli", – deb yozgan Maxachev Joshuaning ijtimoiy tarmoqlardagi posti ostidagi izohlarda.
Ma’lumot uchun, britaniyalik charm qo‘lqop ustasi 2013 yildan beri professional boksda ishtirok etib kelmoqda. Ayni paytda uning rekordida 29 ta g‘alaba (26 tasi nokaut) va 4 ta mag‘lubiyat mavjud.
Nigeriyadagi ayanchli avtohalokatdan so‘ng, yanvar oyi boshida Entonining amakisi jiyanining boksdan ketishini e’lon qilgan edi.
Fikrlar