Islom Maxachev uchun yarim o‘rta vazndagi eng kuchli raqib kim?
UFC sobiq chempioni Daniel Korme 77 kg chempioni Islom Maxachev uchun eng qiyin raqib kim bo‘lishini aytdi.
"Shavkat Rahmonov – men o‘ylasam ham titrab ketadigan yigit. U haqiqiy yirtqich. Raxmonovning katta gabariti, kurash mahorati va zarba texnikasi juda ajoyib. Men avval Jek Della Maddalena Islomning eng qiyin raqibi, deb o‘ylagan edim. Ammo Maxachev bunday emasligini isbotladi. Biroq agar Islom Rahmonovga qarshi oktagonga ko‘tarilsa, hech shubhasiz, bu uning karerasidagi eng qiyin jang bo‘lishini bilaman", – dedi amerikalik "ESPN" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev "UFC 322" turnirida avstraliyalik Jek Maddalenani hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra taslim etib, yarim o‘rta vaznda chempionga aylandi.



Fikrlar