Islom Maxachev vazn toifasini o‘zgartiradimi? Uning menejeri aniq javobni aytdi

  • 12 may, 16:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Taniqli menejer Ali Abdel-Aziz engil vaznda amaldagi chempion Islom Maxachevning kelajagi haqida aytib o‘tdi.

Tecno

"Islom avvalroq boshqa vaznga o‘tmoqchi ekanini ma’lum qilgandi. Endi buni amalga oshirish vaqti keldi. Maxachev yarim o‘rta vaznga ko‘tariladi va chempionlik uchun kurashadi. Jang qaysi sanaga rejalashtirilganini hozircha oshkor qila olmayman" - dedi menejer.

Eslatib o‘tamiz, Belal Muhammadni mag‘lub etganidan so‘ng Jek Della Maddalena Islomga qarshi bashga tayyorligini aytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!