Islom Maxachev: "Xabib Konorni psixologik jihatdan sindirib tashlagan"
Engil vaznda (70 kg) UFC sobiq chempioni Islom Maxachev irlandiyalik yulduz Konor Makgregor haqida gapirdi.
"Konor hech qachon oktagonga qaytmaydi. Chunki Xabib Nurmagomedov uni psixologik jihatdan sindirib tashlagan. Men buni ikki yil oldin aytgandim. Eshitishimcha, ayni damda Makgregor antidoping komissiyasi tomonidan diskvalifikatsiya qilingan. Men faqatgina Jon Jonsning Oq Uydagi turnirda ishtirok etishiga ishonishim mumkin", - dedi rossiyalik "Complex News" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Xabib va Konor to‘qnashuvi 2018 yil 6 oktyabr kuni "UFC 229" turnirida bo‘lib o‘tgan va unda Rossiya vakili 4-raundda sabmishn evaziga g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar