Islom Maxachevning keyingi jangi qachon?
Yarim o‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islom Maxachev joriy yil oxiri yoki kelasi yil boshida oktagonga qaytmoqchi.
Sportchining so‘zlariga ko‘ra, oxirgi jangidan so‘ng u bir nechta marta magnit-rezonans tekshiruvidan o‘tgan va umurtqa po‘gonasini to‘liq diagnostika qildirgan.
"Ian bilan bahsdan keyin uch marta MRT qildirdim. Biroz kichik muammolar bor, shuning ustida ishlayapman. Biroq juda jiddiy narsa emas. Asosiysi — bel va umurtqani mustahkamlayapman.
Hozircha UFC dan qo‘ng‘iroq kutyapmiz. Menimcha, eng ma’qul variant — Ramazondan oldin jang qilish bo‘lardi. Ramazon fevralda boshlanadi, shuning uchun uning oldidan oktagonga qaytish men uchun ideal vaqt", — dedi Maxachev.

Fikrlar