Islom Maxachevning keyingi raqibi kim bo‘lishi kerak?
32 yoshli UFC jangchisi Sharabutdin Magomedov yarim oʻrta vaznda amaldagi chempion Islom Maxachevning navbatdagi raqibi kim boʻlishi kerakligini aytdi.
"Menimcha, Islom uchun Moralesga qarshi bahs qiziq boʻlardi, chunki u hali magʻlubiyat uchramagan jangchi. Agar Maxachev Mayklni ham yengsa, merosini yanada mustahkamlaydi", — dedi Shara Bullet.
Maʼlumot uchun, Maykl Morales professional MMAdа 19 ta gʻalaba qayd etgan, shularning 15 tasi muddatidan oldin qozonilgan.

Fikrlar