Islom Maxachevning keyingi raqibi kim bo‘lishi kerak?
Yarim o‘rta vazn toifasida (77 kg) UFC sobiq chempioni Belal Muhammad rossiyalik Islom Maxachevning navbatdagi raqibi kim bo‘lishi kerakligini aytdi.
"Menimcha, Maykl Morales chempionlik imkoniyatiga loyiq. U Shon Bredini engdi va hozirga qadar g‘alabali seriya qayd etib kelmoqda. Yana nima kerak?!" - dedi Muhammad o‘zining You Tube kanalida.
Ma’lumot uchun, 2022 yil UFC da debyut qilgan Morales mazkur promoushenda jami ettita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib bo‘ldi.
Fikrlar