Ispan futbolchilari jahon chempionligi uchun pomidor bilan taqdirlandi

  • 22.07.2026 13:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi futbolchilari Fabian Ruiz va Gaviga 2026 yildagi jahon chempionatidagi g‘alabadan so‘ng g‘alati, biroq yoqimli an’ana asosida pomidorlar sovg‘a qilindi. 

Bu haqida Andalucía Información nashri xabar berdi.

Chempionlar o‘z vataniga qaytib, tug‘ilgan shahri Los-Palasyos-i-Vilyafrankada tantanali kutib olindi. Mahalliy urf-odatga ko‘ra, katta yutuqqa erishgan sportchilarga o‘z vazniga teng miqdorda pomidor beriladi.

Shu an’ana asosida bu safar ham Fabian Ruiz va Gaviga tomatlar sovg‘a qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gaviga 68,5 kilogramm, Fabian Ruizga esa 84,5 kilogramm pomidor topshirilgan.

Tantanali marosimda Los-Palasyos-i-Vilyafrankadan chiqqan yana bir jahon chempioni – Xesus Navas ham ishtirok etdi. Futbolchilar marosim yakunida birgalikda suratga tushishdi.

Qiziqi shundaki, 2024 yilda Ispaniya terma jamoasi Yevropa chempionatida g‘olib chiqqanidan so‘ng ham shu an’ana takrorlangan edi: o‘shanda Navasga 64,7 kilogramm, Ruizga esa 83,2 kilogramm pomidor berilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!