Ispan futboliga zarar yetkazyapsan! "Real" iste'fo talab qildi
«Real Madrid» o‘zining rasmiy axborot maydonlarida La Liga rahbariyatiga qaratilgan qattiq bayonot e’lon qildi.
Madrid klubi La Liga prezidenti Xavyer Tebas istefosini talab qilmoqda. Bunga Tebasning avvalroq bergan bahsli fikrlari sabab bo‘ldi: u klubning televidenie orqali olib borayotgan faoliyatini natsistlar targ‘ibot vaziri Yozef Gebbels uslubiga qiyoslagan edi.
«Xavyer Tebasning bu kabi xatti-harakatlari uning betaraf emasligi, hurmat va xolislik tamoyillariga amal qilmasligini ko‘rsatadi. Bu esa uning lavozim majburiyatlari bilan mutlaqo mos kelmaydi. Klubimiz fikricha, uning «Real Madrid»ga nisbatan doimiy tanqid va hujumlari, shuningdek, ochiqlik va islohotlar tarafdorlariga qarshi chiqishlari ispan futboliga jiddiy zarar yetkazmoqda. Shu munosabat bilan «Real Madrid» futbol klubi Xavyer Tebasni La Liga prezidenti va Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimlaridan darhol istefoga chiqishini talab qiladi», — deyiladi klub bayonotida.
Ayni paytda «Real Madrid» La Liga jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Madrid jamoasi musobaqadagi olti uchrashuvda 18 ochko to‘plagan. Yozgi tanaffus davrida klub bosh murabbiyin almashtirdi va hozirda jamoani Xose Mourinyo boshqarmoqda.

Fikrlar