Ispaniya kubogining chorak final juftliklari bilan tanishing
Ispaniya kubogining chorak final bosqichiga qur’a tashlandi.
“Barselona” ushbu bosqichda “Albasete”ga qarshi bahs olib boradi. Ikkinchi divizion vakili nimchorak finalda “Real Madrid”ni mag‘lub etib, turnirdan chiqarib yuborgan edi.
Quyida 1/4 final juftliklari bilan tanishib chiqing:
“Albasete” – “Barselona”
“Alaves” – “Real Sosyedad”
“Valensiya” – “Atletik”
“Betis” – “Atletiko”
Ma’lumot uchun, ushbu bellashuvlar 3, 4 va 5 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar