Ispaniya La Ligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar ma'lum qilindi

  • 26.05.2026 15:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionati La Liga tomonidan mavsumning eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun da'vogarlar e'lon qilindi. Ushbu mukofotga "Barselona" ustozi Hans-Diter Flik, "Vilyarreal" bosh murabbiyi Marselino hamda "Xetafe" murabbiyi Xose Bordalas nomzod bo‘lib kiritilgan.

Flik rahbarligida "Barselona" Ispaniya chempioni bo‘ldi va qator ketma-ket ikkinchi mavsumda ham mamlakatning eng kuchli jamoasi maqomini saqlab qoldi.

Marselino qo‘l ostida "Vilyarreal" jamoasi chempionatni uchinchi o‘rinda yakunladi.

Xose Bordalas boshqaruvida "Xetafe" esa yettinchi o‘rinni egalab, Yevropa Konferensiyalar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Mavsum yakunlariga ko‘ra, Chempionlar ligasiga "Barselona", "Real", "Vilyarreal", "Atletiko" va "Betis" jamoalari yo‘l oldi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!