Ispaniya terma jamoasi etakchilaridan biri safdan chiqdi

  • 11.06.2018 16:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasining etakchi himoyachilaridan biri Jerar Pike jamoasining bugungi mashg‘ulotlarida jarohat oldi.

A Bola nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli futbolchi jarohat sabab mashg‘ulotlarni muddatidan avval tark etgan. Pikening jarohati qay darajada ekanligi bugun o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi mundialdagi ilk bahsini 15 iyun kuni Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!