Ispaniya terma jamoasi oʻyinchisi oʻzini "Real"ga taklif qildi

  • 17.07.2026 08:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletik» Bilbayo va Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Emerik Laport Madriddning «Real» klubiga o‘tishga tayyor.

Jurnalist Migel Serranoning xabar berishicha, 32 yoshli futbolchi «qirollik klubi»ga o‘z nomzodini taklif qilgan. «Atletik» tajribali markaziy himoyachi uchun taxminan 25 million yevro talab qilmoqda. Biroq ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» rahbariyati hozircha bunday transfer variantni jiddiy ko‘rib chiqayotgani yo‘q.

Avvalroq Emerik Laportga La Liganing yana bir grandi – «Barselona» tomonidan ham qiziqish bildirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 19 iyul kuni futbolchi Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lishi mumkin – finalda raqib Argentina terma jamoasi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!