Ispaniya terma jamoasi ustozi: Evropa chempioni shartnomasiz qolishi oddiy hol emas

  • 9 oktabr, 2024, 15:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente terma jamoa bilan tuzilgan mehnat shartnomasi haqida gapirdi. Gap shundaki, uning shartnomasi shu yil yakuniga o‘z nihoyasiga etadi.

Tecno

"Evropa chempioni shartnomasiz qolishi oddiy hol emas. Luis Enrike bilan ham shunday bo‘larmidi, bilmayman. Shuni ta’kidlashni istardimki, men yoshlar jamoasidagi kabi sharoitda ishlayman", - dedi 63 yoshli ispaniyalik mutaxassis Marca nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq matbuotda mamlakat futbol federatsiyasi de la Fuentega 2026 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. O‘tgan yozda Ispaniya terma jamoasi Germaniyada bo‘lib o‘tgan Evropa chempionatida g‘olib chiqdi. Final uchrashuvida “qizil furiya” Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!