Ispaniya ustozi Yamal - Karvaxal mojarosidan xavotirda
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi De la Fuente "Barselona" va "Real Madrid" futbolchilari oʻrtasidagi keskin munosabatlardan xavotirda.
Lamin Yamal va Dani Karvaxal oʻrtasidagi mojaro oktyabr oyidagi el-klasiko paytida avj oldi. Final hushtagidan soʻng himoyachi yosh qanot hujumchisini "Real Madrid" haqidagi hurmatsiz soʻzlari uchun qattiq tanqid qilgan edi.
"Diario AS" nashrining xabar berishicha, De la Fuente ushbu vaziyatga yechim izlamoqda. Uning fikricha, asosiy oʻyinchilar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar Jahon chempionati oldidan Ispaniya terma jamoasidagi muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, 2026 yildgi Jahon chempionatida Ispaniya Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay bilan bir guruhda oʻynaydi.



Fikrlar