Ispaniyaning g‘alabasi murabbiyni rekordchiga aylantirdi

  • 23.07.2026 09:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yilgi jahon chempionati finalida Ispaniya milliy terma jamoasi qo‘shimcha taymda gol urib, amaldagi chempion Argentinani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ispanlarning g‘alabasi jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuente uchun ham tarixiy natija bo‘ldi.

U 65 yoshida jahon chempionligini qo‘lga kiritib, mazkur sovrinni yutib olgan eng yoshi katta murabbiyga aylandi.

Bungacha rekord yana bir ispaniyalik mutaxassis Visente del Boskega tegishli edi. U 2010 yilda Ispaniyani 59 yoshida jahon chempioni qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!