Asosiy mazmunga oʻtish

Israel Adesanya: "Maqsadim Drikusning boshini olish"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U yana chempion bo‘lmoqchi.

Mashhur nigeriyalik MMA jangchisi Israel Adesanya(24-3) o‘rta vazn toifasida (84 kg) amaldagi UFC chempioni janubiy afrikalik Drikus Dyu Plessi(21-2) bilan bo‘lajak jangi haqida gapirdi.

 “Ko‘pchilik meni o‘rta vaznda uchinchi marta UFC chempioni bo‘lishimni aytmoqda. Lekin menga bu kerak emas. Maqsadim Drikusning boshini olish.  Boshqa hech narsa shart emas. Meni yo‘qotadigan hech narsam yo‘q", - deya Adesanya so‘zlarini keltiradi Sports Illustrated.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi jangda Adesanya(24-3) AQSh vakili Striklend(29-6) bilan to‘qnash kelgan va o‘shanda Shon hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba  qozongandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q