Isroil Adesanya: "Topuriya, Jastin Getjiga qarshi revansh o‘tkazmasliging kerak"
MMA yulduzi Isroil Adesanya UFC sobiq chempioni Iliya Topuriyaga noodatiy maslahat berdi.
"Iliya, Jastinga qarshi bunday mag‘lubiyatdan so‘ng o‘zingga savol berishing kerak – endi qanday qilib qaytib kelishim mumkin? Chunki bunday mag‘lubiyatdan keyin nimani his qilishingni juda yaxshi bilaman. Ha, men Perreyradan yengilgach, tezda qaytib, qasos olgandim, lekin Iliyaga buni Jastinga qarshi qilishni maslahat bermayman. Bilaman, uning bunday imkoniyati bor, lekin yana chempionlikka da’vogarlik qilishdan oldin bitta g‘alaba qozongani ma’qul. Bu uning uchun eng yaxshi tanlov bo‘ladi", - dedi Adesanya.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Topuriya to‘liq mashg‘ulotlarni davom ettirish uchun tibbiy ruxsat olganini ma’lum qildi.

Fikrlar