Isroil Adesanya Hamzat Chimaevga keskin gaplar aytdi

  • 25.03.2026 14:03
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC sobiq chempioni Isroil Adesanya amaldagi chempion Hamzat Chimaevni tanqid qildi.

"O‘rta vazn toifasiga qarang. Hamzat yuqoriga ko‘tarilganda juda faol edi, u hammanni mag‘lub etardi, hatto bir oyda ikki marta jang qilgandi. Biroq chempionga aylanganidan keyin... Nima bo‘layotganini bilmayman. Viza bilan bog‘liq muammolarmi? Jarohatlarmi? Oxirgi faol chempion men edim, hamma narsani xavf ostiga qo‘ygan va eng yaxshilarga qarshi chiqqan oxirgi yigit edim. Ammo odamlar buni qadrlamadi", – dedi nigeriyalik ESPN ga bergan intervyusida. 

Eslatib o‘tamiz, Isroil Adesanya 29 mart kuni "UFC Fight Night 271" turnirida Jo Payferga qarshi jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!