Isroil Madrimov 24 yanvar kuni jang o‘tkazadi, raqib...
Bir necha kun avval taniqli murabbiy To‘lqin Qilichev charm qo‘lqop ustamiz Isroil Madrimov 24 yanvar kuni ringga qaytishi aytib, raqib hozircha ma’lum emasligini xabar qilgandi.
Shundan so‘ng, boks insayderi Jalol Axmedov ushbu bahs haqida ma’lumot berdi.
"Isroil Madrimovning 24 yanvar kuni jang qilishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Bu masalani uning menejerlaridan biri Alik Frolovdan aniqlashtirdim. Uning aytishicha, Madrimov rostdan ham ushbu kechada jang o‘tkazadi. Biroq raqib jiddiy bo‘lmaydi va bu bahs shunchaki Madrimovning jarrohlik amaliyotidan so‘ng qay darajada tiklanganini ko‘rib olish uchun test vazifasini o‘taydi", - deb yozdi Axmedov o‘zining telegram kanalida.
Fikrlar