Isroil Madrimov raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi!
Ayni paytda AQShning Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi o‘tkazilmoqda.
Unda ishtirok etayotgan taniqli charm qo‘lqop ustamiz Isroil Madrimov va Dominikan Respublikasi vakili Luis David Salazar o‘rtasidagi qarama-qarshilik hozirgina nihoyasiga yetdi.
To‘liq 10 raund davom etgan bahsda bokschimiz katta ustunlik bilan harakat qildi, ayniqsa so‘nggi raundda raqibini zarbalar yomg‘iri bilan siyladi.
Yakunda esa "The Dream" haqli ravishda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra zafar quchdi!
Mazkur g‘alaba Madrimov uchun professional faoliyatidagi o‘n birinchisi bo‘ldi.
Fikrlar