Iste’dod.Rossiyada va rus jurnalistlari ta’biri bilan aytganda, "Mister pechen" nomi bilan mashhur bokschimiz haqida eshitganmisiz?

  • 23 oktabr, 2019, 15:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Iste’dod ruknimiz davom etadi. Bu gal ham boksga yuzlandik. Qizig‘i esa, “qahramon”imiz vatandoshimiz hisoblanadi. Ushbu bokschini hozirda professional boks olamida yaxshi tanib olishgan.

Tecno

Rus jurnalistlari ta’biri bilan aytganda “Prints”, “Mister pechen” nomlari bilan mashhur yurtdoshimiz andijonlik Ravshanbek Umurzaqovdir. Ravshanbek 1993 yil 7 iyulda Andijon shahrida tavallud topgan. Birinchi murabbiyi Sardor Razoqovdan boks sir-asrorlarini o‘rganadi. Hozirda, Nabijon Ismonov qo‘l ostida professional yo‘nalishda mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Uning havaskor boksdagi natijalariga e’tibor qaratsak, Xitoy va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirlar g‘olibiga aylanadi. O‘zbekiston chempionatida g‘olib va sovrindorlar qatoridan ham joy olishga erishgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Zolotaryov xotira turnirida ikki marotaba shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tariladi. 2014 yil talabalar o‘rtasida Yakutyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etadi.

22885939_150288985580686_3062443002875073055_n

Ravshanbek 2017 yil professional boksga o‘tadi. 61.2 kg vazn toifasida jang olib borayotgan “Shahzoda”ning birinchi jangi o‘sha yili 12 dekabrda rossiyalik Evgeniy Smelovga qarshi bo‘ladi va uni muddatidan avval jigarga yo‘llagan zarbasi bilan nokautga uchratadi. Mazkur debyutdan so‘ng, shu kunga qadar yana 9 ta jang o‘tkazdi va barchasida g‘alaba qozondi.

Umumiy hisobda 10 ta g‘alabaning 7 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan. 2019 yil 13 aprelda Moldovada tashkil etilgan navbatdagi jangida u filippinlik Roberto Gonsalesni mag‘lub etib, WBA Asia chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi.

 Shundan so‘ng, mazkur kamarni himoya qilish doirasida ikki bora ringga ko‘tarildi. Dastlab, JARlik Entoni Moloizaneni ochkolar hisobiga mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchisini hozirda eng so‘ngi jangi bo‘lib turgan filippinlik Roldan Aldeaga qarshi joriy yilning 7 sentyabr kuni o‘tkazdi. Murosasiz kechgan qarama-qarshilikda yurtdoshimiz ustunlikka erishish barobarida chempionlik kamarini munosib himoya qila oladi.

53742554_347370249205891_1958010074815266816_n

Ayni vaqtda Butunjahon bo‘yicha o‘z vazn toifasida 29 o‘rinda qayd etilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, yurtdoshimizda ajoyib iste’dod bor. Unga yanada sayqal berib, mexnat qilishdan to‘xtamasa, kelajakda nufuzli kamarlarni ham qo‘lga kirita olishga qodir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!