"Istiqlol" bosh murabbiyi Jaloliddin Masharipov haqida muhim ma’lumotni aytdi
Eron chempionatining 13-turida "Istiqlol" jamoasi o‘z maydonida "Malavan" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Rikardo Sapinto uzoq vaqtdan beri maydonga tushmayotgan Jaloliddin Masharipovning holati haqida ham ma’lumot berdi.
"Masharipov ro‘yxatga kiritiladimi yoki ketadimi? Jaloliddinning masalasi bizning nazoratimizda. Hujjat ishlari bilan shug‘ullanyapmiz. Hammasi yaxshilik bilan ketsa, u tez orada jamoaga qaytadi.
Rostini aytsam, juda charchadim va ko‘p gapira olmayman. Men faqat adolatni istayman, chunki bugun yana bizdan 3 ochkoni olib qo‘yishdi", — dedi portugaliyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, mavsum avvalida o‘zbekistonlik futbolchi jiddiy jarohat olgan. Shuning uchun klub uning holatini inobatga olib, legioner limiti sabab ro‘yxatga kiritmagan edi.

Fikrlar