Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Istomin Frantsiyadagi turnirdagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Tennischimiz mezbonlar vakiliga qarshi kortga chiqdi.

Denis Istomin "Open Quimper Bretagne" turnirida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Tennischimiz mezbonlar vakili Konstan Lestenga qarshi kortga chiqdi. Ikki set davom etgan uchrashuv frantsiyalik raketka ustasi foydasiga hal bo‘ldi. Yakuniy hisob: 6:4, 6:4.

Tomonlar eyslar bo‘yicha teng natija ko‘rsatgan bo‘lsa, vakilimiz qo‘shxatoga yo‘l qo‘ymadi. Bu ko‘rsatkich uning raqibida 2 tani tashkil etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q