
It o‘yinni muddatidan avval yakunlanishiga sababchi bo‘ldi. Hakam unga qizil kartochka ham ko‘rsatdi (Foto)
Serbiyaning "Kolubara" va "Radnichki 1923" jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini it tufayli muddatidan avval yakunlandi.
It o‘yin davomida 4 marta maydonga yugurib chiqdi va to‘pni ta’qib qila boshladi. Yakunda uchrashuvning bosh hakami to‘rt oyoqli mehmonga qizil kartochka ko‘rsatdi, biroq shunda ham it maydonni tark etmadi. Jamoalar o‘yinni davom ettirishni xohlamadi va bahs "Kolubara"ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.
Fikrlar