Italiya futbol federatsiyasi prezidenti iste'foga chiqdi

  • 02.04.2026 23:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) prezidenti Gabriele Gravina iste’foga chiqdi. Bu haqida Italiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Avvalroq, Italiya terma jamoasi 2026 yildgi jahon chempionati saralashining so‘nggi o‘yinida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi (1:1, 1:4 pen).

72 yoshli funksioner ishdan ketish haqidagi qarorini bugun, 2 aprel kuni Rimda federatsiya bo‘linmalari rahbarlari bilan uchrashuvda e’lon qildi. Gravina o‘z lavozimini 2025 yil fevralidan buyon egalab kelayotgandi. FIGC prezidentining navbatdan tashqari saylovi 22 iyunga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Gravina qaroridan so‘ng Janluiji Buffon ham Italiya terma jamoasi delegatsiyasi rahbari lavozimini tark etishini e’lon qilgandi. "Skuadra adzurra" ketma-ket uchinchi jahon chempionatiga chiqa olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!