Italiya futboli kuchlimi yoki Angliyaniki?
Yozgi transferlar davrida “Milan”dan transfer qilingan Tijani Reynders qisqa fursatda “Manchester Siti”ning etakchi o‘yinchilaridan biriga aylandi.
Niderlandiyalik 27 yoshli futbolchi Italiya va Angliya futbolini o‘zaro taqqoslab, o‘z xulosalarini muxlislar e’tiboriga havola etdi.
- Angliya Premer-ligasida jismoniy kurash ko‘proq, temp va tezlik kattaroq. Premer-ligada siz guvoh bo‘layotgan yakkakurashlar alohida mavzu.
Italiyada ko‘proq taktik futbol, Angliyada esa, kuchga tayangan futbol o‘ynashadi. Bu erda odam o‘zini himoya qila olishi kerak. Men Angliyada aynan mana shu xususiyatni rivojlantirishni o‘rganishga e’tibor qaratishim kerak, - dedi Tijani Reynders.
Reynders “Zvolle” va “Tvente” klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘z yurtida “Valveyk” va “AZ Alkmaar” jamoalarida ham o‘ynagan. Oxirgi ikki mavsumni “Milan”da o‘tkazgan yarim himoyachini manchesterliklar 55 million evroga transfer qildi.

Fikrlar