Italiya grandi “Siti” yulduzi bo‘yicha ma’lumot so‘radi
Italiyaning “Yuventus” klubi hujum chizigʻini kuchaytirish maqsadida transfer bozorida faol ish olib bormoqda va Angliya Premier-ligasiga eʼtibor qaratgan.
Bu haqida La Stampa nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, turinliklar “Manchester Siti” hamda Misr milliy jamoasi hujumchisi Umar Marmushga qiziqish bildirmoqda.
“Yuventus” rahbariyati hozirda “Manchester Siti”ning futbolchini ushbu transfer oynasida ijaraga asosda qoʻyib yuborishga munosabatini oʻrganmoqda.
Shuningdek, maʼlum qilinishicha, “Yuventus” bosh murabbiyi Luciano Spalletti Marmush nomzodini yuqori baholamoqda va uni jamoa hujumini kuchaytirish uchun munosib variant deb hisoblaydi.
Umar Marmush oʻtgan 2025/26 yildagi mavsumda “Manchester Siti” safida barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuv oʻtkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Ayni paytda “Yuventus” hujum chizigʻini kuchaytirish uchun Randal Kolo Muani va Aleksandr Sörlot nomzodlarini ham koʻrib chiqmoqda.

Fikrlar