Italiyaga borasanmi?

  • 19 sentabr, 2022, 15:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ayaks” tarbiyalanuvchisi Donni van de Bek “Manchester Yunayted”ga kelganidan beri ishlari o‘zi istagancha ketmayapti.

Tecno

Iste’lodli pleymeyker ikki yil muqaddam 39 million evroga sotib olingan edi, biroq Angliya futboliga “tishi” o‘tmayapti. So‘nggi yillarda manchesterliklarni boshqargan Sulsher ham, Rangnik ham unga imkoniyat bermadi.

Xususan, “Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag Niderlandiya futbolidan chiqqan bo‘lishiga qaramay, o‘z hamyurtiga ishonch bildirmayapti.

Bu vaziyatdan “Inter” foydalanib qolmoqchi. Italiyaliklar 25 yoshli futbolchini yanvar oyida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!