Italiyalik suzuvchi Jahon kubogi musobaqasiga Shomurodov formasida chiqdi
O‘zbekistonida o‘tayotgan Jahon kubogining ikkinchi bosqichida ayollar o‘rtasida 200 metrlik brass usulida suzish bo‘yicha medallar egalari aniqlandi.
Ushbu yo‘nalishda mamlakatimiz sharafini Evgeniya Chikunova himoya qildi. U masofani 2 daqiqa 17,23 soniyada bosib o‘tib, barcha raqibalarini ortda qoldirdi va yakuniy natijaga ko‘ra birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Evgeniya Chikunova finalda Niderlandiya vakili Tes Shauten hamda Irlandiya sportchisi Mona Maksheriga imkoniyat qoldirmadi. Ular mos ravishda ikkinchi va uchinchi pog‘onani egalashdi.
Eslatib o‘tamiz, shu kuni Toshkentdagi bosqichda erkaklar o‘rtasida 100 metrlik brassda rossiyalik Kirill Prigoda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Qisqa masofada suzish bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi 8–10 oktabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston sportchilari musobaqada davlat bayrog‘i va madhiyasi ostida ishtirok etmoqda.

Fikrlar