
Italyancha rekord
Amaldagi Evropa chempioni – Italiya terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatining saralash turniri doirasida Shveytsariya bilan golsiz durangga imzo chekdi.
Roberto Manchini jamoasi uchun durang natija ham tarixiy rekord uchun kifoya qildi. Italiya mag‘lubiyatsiz uchrashuvlar seriyasini 36 taga etkazdi va bu ko‘rsatkichni qayd etgan dunyodagi brinchi terma jamoaga aylandi.
Avvagi rekord 35 ta mag‘lubiyatsiz o‘yindan iborat bo‘lib, Braziliya va Ispaniya terma jamoalari tomonidan qayd etilgan edi. Braziliyaliklar 1993-1996 yillar davomida, ispaniyaliklar esa 2007 yildan boshlab, 2009 yilgacha 35 ta uchrashuvda mag‘lubiyat nimaligini bilmagan.
Italiya terma jamoasi oxirgi marotaba 2018 yilning 10 sentyabr kuni Millatlar ligasi doirasida o‘tkazilgan safar uchrashuvida Portugaliyaga yutqazgan edi.
Fikrlar